← Barcha maqolalar

Xitoy ko‘chmas mulk bozorida tushish chuqurlashmoqda — S&P prognozlarini keskin pasaytirdi

uk.finance.yahoo.com & cnbc.com

📅 2026-02-11 📖 1 daqiqa
Xitoy ko‘chmas mulk bozorida tushish chuqurlashmoqda — S&P prognozlarini keskin pasaytirdi
www.cato.org
Xitoyning ko‘chmas mulk bozori 2026-yilda kutilganidan ham yomonroq bo‘lishi mumkin. Reyting agentligi [*S&P Global Ratings*](https://www.spglobal.com/en) mamlakatda uy savdosi hajmini oldingi prognozdan sezilarli darajada past deb baholadi. Bu yil uy savdolari 10–14%ga kamayadi deb taxmin qilinmoqda — oldin esa atigi 5–8%ga tushadi, deb aytilgandi. Ko‘plab uylar qurilib bo‘ldi, lekin xaridorlar yo‘q. Oqibatda sotilmagan uylar soni ortmoqda, narxlar esa yana pasayishi kutilmoqda. Shu sabab, odamlar uy olishni kechiktirmoqda — bu bozorni yanada charchatmoqda. Avval yirik va rivojlangan shaharlarda bozor nisbatan barqaror ko‘rinayotgan edi. Endi esa hatto Pekin, Guangjou va Shenchjen kabi shaharlarda ham uy narxlari tushmoqda. Bu esa tiklanish umidini kamaytirmoqda. S&P hisobotida ta’kidlanishicha, bozor faqat hukumatning keng qamrovli aralashuvi yoki ko‘plab uylarni davlat sotib olishi orqali barqarorlashishi mumkin. Hozircha bunday yirik chora ko‘rilmagan. Bu holat Xitoy iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ko‘chmas mulk sektori an’anaviy ravishda milliy ishlab chiqarishda katta ulushga ega bo‘lgan. Bozor sustlashgani bois, iste’molchi ishonchi zaiflashmoqda va bu iqtisodiy o‘sishga ham bosim ko'rsatmoqda. --- [Manba 1](https://uk.finance.yahoo.com/news/china-property-sales-forecast-cut-142817395.html) [Manba2](https://www.cnbc.com/2026/02/09/sp-i-china-property-slump-worse-than-expected.html)